Toshkent metropoliteni tunnellarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy АГМ-drezinalar bilan parkni to‘ldirdi
Toshkent metropoliteni tunnellarga xizmat ko‘rsatish uchun zamonaviy АГМ-drezinalar bilan parkni to‘ldirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent metropoliteni” DUK xo‘jalik ishlari hamda tunnel inshootlarida texnik xizmat ko‘rsatish jarayonlarini yanada samarali tashkil etish maqsadida zamonaviy АГМ drezina xizmat ko‘rsatuvchi poyezdlar bilan ta’minlandi.
Mazkur drezinalar metropoliten tunnellarida ta’mirlash, profilaktika, texnik ko‘rik va xo‘jalik ishlarini amalga oshirishga mo‘ljallangan bo‘lib, tor va murakkab yerosti sharoitlarida ishonchli harakatlanish imkoniyatiga ega.
Ularning zamonaviy texnik jihozlari tunnel inshootlari holatini doimiy nazorat qilish hamda yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan nosozliklarning oldini olishga xizmat qiladi.
Yangi АГМ drezinalarining joriy etilishi metropoliten infratuzilmasining ishonchli ishlashini ta’minlash, harakat xavfsizligini yanada mustahkamlash va yo‘lovchilarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirishga xizmat qiladi.