Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Toshkent markazida tunda Lacetti, Porsche va Spark to‘qnashdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 13 yanvarga o‘tar kechasi Toshkent shahrida uchta avtomobil — Lacetti, Porsche va Spark ishtirokida yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi, deb xabar qildi Yo‘l harakati xavfsizligi bosh boshqarmasi matbuot xizmati.
Avariya taxminan soat 01:55 da poytaxtning Shayxontohur tumanida, Islom Karimov va Botir Zokirov ko‘chalari kesishmasida yuz bergan.
Dastlabki maʼlumotlarga ko‘ra, ushbu yo‘l uchastkasidan uchta transport vositasi o‘zaro to‘qnashgan.
YTH oqibatida Porsche avtomobili haydovchisiga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatilgan. Ayni paytda hodisa yuzasidan surishtiruv ishlari olib borilmoqda, sodir bo‘lgan voqeaning sabab va holatlari aniqlanmoqda.