Toshkent markazida Lixiang L9 yo‘l-transport hodisasidan so‘ng metall uyumiga aylandi (video)
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkentda Lixiang L9 avtomobili ishtirokida og‘ir yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘ldi. Hodisaning videolavhalari ijtimoiy tarmoqlarda tarqaldi.
Guvohlarning so‘zlariga ko‘ra, avariya kecha tong oldidan “Pushkin” metro bekati yaqinidagi Mustaqillik prospektida yuz bergan.
Avtomobil katta tezlikda harakatlanayotgan paytda boshqa transport vositasiga tegib ketgan, shuning ortidan haydovchi boshqaruvni yo‘qotib, yo‘l to‘sig‘iga urilib ketgan.
Zarba shunchalik kuchli bo‘lganki, mashina deyarli bo‘laklarga ajralib ketgan va uning parchalari yo‘lga sochilib ketgan.
Hozircha mutasaddi idoralar tomonidan rasmiy izoh berilmadi.
Hodisa bo‘yicha surishtiruv olib borilmoqda.