Toshkent jamoat transportida yo'l haqini to'lamaganlarga qarshi reydlarni kuchaytirmoqda
Toshkent jamoat transportida yo'l haqini to'lamaganlarga qarshi reydlarni kuchaytirmoqda
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Transport vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, Toshkent shahrida jamoat transportida yo'l haqini to'lamaganlarga qarshi reydlar kuchaytirildi.
Joriy yilning 11 oyi davomida 19 500 dan ortiq yo‘l haqini to‘lamaslik holatlari aniqlangani jamoat transportida tizimli nazorat va intizomni kuchaytirish zarurligini yana bir bor tasdiqlaydi.
Toshkent shahri jamoat transportida yo‘l haqini o‘z vaqtida to‘lashni ta’minlashga qaratilgan kuchaytirilgan reyd tadbirlari o‘tkazilmoqda. Reydlar Transport nazorati inspeksiyasi hamda Toshkent shahar yo‘lovchi tashish faoliyatini monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlari tomonidan o‘tkazilmoqda.
Endilikda Toshkent shahar yo‘lovchi tashishni monitoring va nazorat qilish davlat muassasasi xodimlariga yo‘l haqini to‘lamagan yo‘lovchilarga nisbatan jarima bayonnomalarini rasmiylashtirish huquqi berildi, bu esa qonunbuzarliklarga tezkor munosabat bildirish va qonunchilikka rioya etilishini ta’minlash imkonini beradi.