Toshkent IAOM Yevrosiyo 2026 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Toshkent IAOM Yevrosiyo 2026 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Toshkent IAOM Yevrosiyo 2026 xalqaro konferensiyasiga mezbonlik qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yilning 24 mart kuni Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov Xalqaro operativ tegirmonchilar assotsiatsiyasi (IAOM) ijrochi kotibi Vural Kural bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida donni qayta ishlash sanoatida hamkorlikni rivojlantirish, sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy etish hamda mutaxassislar o‘rtasida tajriba almashinuvini kuchaytirish masalalari muhokama qilindi.

IAOM — donni qayta ishlash sanoatida faoliyat yurituvchi dunyodagi eng yirik nodavlat professional tashkilotlardan biri hisoblanadi. U AQSH va xalqaro darajadagi bo‘linmalari orqali tegirmonchilar, soha mutaxassislari va biznes vakillarini birlashtirib, taʼlim, zamonaviy texnologiyalar va xalqaro hamkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashadi.

Muzokaralar chog‘ida IAOM Eurasia 2026 konferensiyasi va ko‘rgazmasini joriy yil 28–29 sentyabr kunlari Toshkent shahrida o‘tkazish masalalariga ham alohida eʼtibor qaratildi. Tomonlar ushbu tadbirni yuqori saviyada tashkil etish, xalqaro ishtirokchilarni jalb qilish va uni mintaqadagi muhim soha platformasiga aylantirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Uchrashuv yakunida tomonlar o‘zaro hamkorlikni yana-da kengaytirish va qo‘shma tashabbuslarni amalga oshirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling