Valyuta kurslari 13/06/2025
$1 – 12705.79
UZS – 0,47%
€1 – 14704.41
UZS – 1,68%
₽1 – 159.20
UZS – -1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 Toshkent hokimi AWC Berhad bilan infratuzilma loyihalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent hokimi AWC Berhad bilan infratuzilma loyihalarida hamkorlik istiqbollarini muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent hokimi Shavkat Umurzakov Malayziyaning AWC Berhad kompaniyasi rivojlanish bo‘yicha direktori Muhammad Ihson Anvar Bin bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Uchrashuv davomida hokim hamkorlikka tayyorligini ta’kidlab, suv ta’minoti, kommunal xo‘jalik va qurilish sohalaridagi joriy hamda istiqbolli loyihalarni taqdim etdi.

Malayziya tomoni bir qator yo‘nalishlarda, xususan, poytaxt transport tizimini rivojlantirish, qattiq maishiy chiqindilarni yig‘ish va qayta ishlash loyihalari, shuningdek, logistika markazini barpo etishda ishtirok etishga dastlabki qiziqish bildirdi. Muhokama bosqichida bo‘lgan takliflar orasida sayyohlik obyektlarini qurish, jumladan, hashamatli brendlarni jalb etish va Toshkent temir yo‘l vokzallarini qayta qurish bo‘yicha g‘oyalar ham ilgari surildi.

Uchrashuv yakunida tomonlar muloqotni davom ettirish va o‘zaro manfaatli asosda tashabbuslarni amalga oshirish imkoniyatlarini o‘rganishga tayyor ekanliklarini izhor etdilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling