Toshkent fond birjasining foydasi to'qqiz oy ichida yetti baravar oshd
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent“ Respublika fond birjasining (RFB) 2025 yilning 9 oyi yakunlariga ko‘ra sof foydasi 12,8 mlrd so‘mni tashkil etdi — bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,3 barobar ko‘pdir.
Shu bilan birga, III chorakda birja 1,6 mlrd so‘m foyda ko'rdi, bu taxminan o‘tgan yil darajasiga teng.
9 oy yakunlariga ko‘ra, savdolarning umumiy hajmi 14,00 trln so‘m ($1,09 mlrd)ni tashkil etdi, bu 2024 yilning birinchi 9 oyiga nisbatan 10,39 trln so‘mga yoki 4 barobarga ko‘pdir.
Tuzilgan bitimlarning soni 328 375 tani tashkil etib, 2024 yilning mos davriga nisbatan 68 285 taga yoki 17,21%ga kamaydi. Davr yakunlariga ko‘ra, UCI indeksi 7,01%ga oshib, 701,05 punkt darajasida yopildi.
Aksiyalarning bozor kapitallashuvi 25,51 trln so‘mga yoki 11%ga oshib, 267,93 trln so‘m ($22,20 mlrd)ni tashkil etdi.