Valyuta kurslari 19/09/2025
$1 – 12314.71
UZS – 0,49%
€1 – 14579.39
UZS – 0,43%
₽1 – 148.26
UZS – 0,25%
Qidirish
“Toshkent” fond birjasining foydasi olti oyda 11,2 milliard so‘mga yetdi

“Toshkent” fond birjasining foydasi olti oyda 11,2 milliard so‘mga yetdi

“Toshkent” fond birjasining foydasi olti oyda 11,2 milliard so‘mga yetdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yilning I yarim yillik yakunlariga ko‘ra, "Toshkent" RFB'ning sof foydasi — 11,2 mlrd so‘mni qayd etdi. Taqqoslash uchun, 2024-yilning shu davrida bu ko'rsatkich atigi 177,3 mln so‘mni tashkil etgandi.

Bunday yuqori moliyaviy natijalarga tushumning 4,4 mlrddan 18,6 mlrd so‘mgacha o‘sishi (+320% y/y) hamda foiz shaklidagi daromadlarning oldingi yarim yillikka nisbatan 1,5 mlrddan 4,4 mlrd so‘mgacha ko‘payishi sabab bo‘ldi (189,7% y/y).

Qimmatli qog‘ozlar savdosining umumiy hajmi 12,02 trln so‘mni ($933,3 mln) tashkil etib, 2024-yilning I yarim yilligiga nisbatan 17 barobarga oshdi. Tuzilgan bitimlar soni 214 851 taga yetdi, shundan 85% birja kotirovka varagʻiga kiritilgan qimmatli qog‘ozlar bilan amalga oshirilgan.

O‘rtacha kunlik savdo hajmi esa 97,7 mlrd so‘mni ($7,59 mln) tashkil etdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling