Valyuta kurslari 11/11/2025
$1 – 12014.94
UZS – -0,38%
€1 – 13900.08
UZS – -0,12%
₽1 – 148.31
UZS – -0,38%
Qidirish
Toshkent delegatsiyasi Holland & Knight bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent delegatsiyasi Holland & Knight bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent delegatsiyasi Holland & Knight bilan hamkorlikni muhokama qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025-yil 10-noyabr kuni O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan "Markaziy Osiyo – Rossiya" sammitida ilgari surilgan tashabbusga muvofiq "Markaziy Osiyo – Rossiya" yo‘nalishida “AgroEkspress” tashuvlarini tashkil etish masalalari bo'yicha “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJda “Yevroosiyo Agrologistika” kompaniyasi bosh direktori Alevtina Kirilova bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuv davomida tomonlar O‘zbekiston, Rossiya va Qozog‘iston o‘rtasida agroeksport yuklarini temir yo‘l orqali tashish imkoniyatlarini kengaytirish hamda “AgroEkspress” loyihasini yo‘lga qo‘yish masalalarini muhokama qildilar.

Shuningdek, uch davlat temir yo‘llari o‘rtasida yagona imtiyozli tarif joriy etish, bojxona va chegara jarayonlarini soddalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Uchrashuv yakunida tomonlar ushbu masalani batafsil ko‘rib chiqish maqsadida Qozog‘iston tomoni bilan birgalikda uch tomonlama uchrashuv tashkil etish va uni kelgusida birgalikda muhokama qilib, amaliy ishlar olib borishga kelishib oldilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling