Valyuta kurslari 05/12/2025
$1 – 11963.23
UZS – 0,43%
€1 – 13970.66
UZS – 0,7%
₽1 – 155.35
UZS – 1,28%
Qidirish
Toshkent boshqariladigan parkovkalar va “aqlli” transport tizimiga o‘tmoqda

Toshkent boshqariladigan parkovkalar va “aqlli” transport tizimiga o‘tmoqda

Toshkent boshqariladigan parkovkalar va “aqlli” transport tizimiga o‘tmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Poytaxt aholisi va transport vositalari sonining ortishi yo‘l tarmog‘iga yuklamani keskin kuchaytirib, 7–8 ballgacha chiqadigan tirbandliklarga sabab bo‘lmoqda.

Eski boshqaruv usullari endilikda megapolisning zamonaviy chaqiriqlariga javob bera olmayapti.

O‘zbekiston Prezidenti qarori doirasida transport tizimini isloh qilish bo‘yicha kompleks strategiya amalga oshirilmoqda.

Asosiy chora-tadbirlar qatorida — boshqariladigan avtoturargohlar tashkil etish, elektromobillar uchun 2 000 ta zaryadlash stansiyasi tarmog‘ini rivojlantirish va transport hamda piyodalar harakatini real vaqtda kuzatish imkonini beruvchi raqamli shahar xaritasini joriy etish mavjud.

Ushbu tashabbuslar yo‘llarni modernizatsiya qilish, shahar muhitini yana-da qulaylashtirish va Toshkentni “aqlli” megapolisga aylantirishga qaratilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling