Toshkent aholisining o‘rtacha yoshi bo‘yicha yetakchi — 32,6 yosh
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotiga ko‘ra, 2025 yil 1 yanvar holatiga Respublika aholisining o‘rtacha yoshi 29,3 yoshni tashkil etgan.
Respublika hududlari kesimidagi holat quyidagicha: Toshkent shahrida o‘rtacha yosh 32,6 yoshga yetgan. Buxoro viloyatida — 30,9 yosh, Toshkent viloyatida — 30,8 yosh, Navoiy viloyatida — 29,9 yosh.
Farg‘ona viloyatida aholi o‘rtacha yoshi — 29,8 yosh, Qoraqalpog‘iston Respublikasida — 29,5 yosh, Andijon va Xorazm viloyatlarida — 29,3 yosh.
Namangan viloyatida — 28,8 yosh, Sirdaryo viloyatida — 28,5 yosh, Samarqand viloyatida — 28,3 yosh.
Jizzax viloyatida — 28,2 yosh, Qashqadaryo viloyatida — 27,6 yosh, Surxondaryo viloyatida esa — 27,3 yosh.