Toshkent aeroportida 6,3 kg marixuana musodara qilindi

Toshkent aeroportida 6,3 kg marixuana musodara qilindi

Toshkent aeroportida 6,3 kg marixuana musodara qilindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Toshkent-Aero” IBKning “Toshkent xalqaro aeroporti” chegara bojxona posti xodimlari giyohvandlik vositalarini yashirincha olib o‘tishga uringan yo‘lovchini to‘xtatib qolishdi, deb xabar berdi Davlat bojxona qo'mitasi matbuot xizmati.

Bangkokdan uchib kelgan xorijiy yo‘lovchilardan biriga tegishli qo‘l yuki va bagajlari bojxona nazoratidan o‘tkazilganida, yuklar orasida turli qadoqlar ichida 12 dona polietilen o‘ramlar yashirilganligi aniqlandi.

Belgilangan tartibda va xolislar ishtirokida ushbu o‘ramlar ochib ko‘rilganida, ularning ichidagi yashil rangdagi o‘tkir hidli modda Markaziy bojxona laboratoriyasi xulosasiga ko‘ra, 6.3 kg.dan ziyod og‘irlikdagi quritilgan marixuanna ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Mazkur modda esa O‘zbekistonda muomalasi taqiqlangan giyohvandlik vositasi hisoblanadi.

Holat yuzasidan bojxona organlari tomonidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling