Toshkent aeroporti ijtimoiy tashabbus doirasida 30 ta nogironlar aravachasiga ega bo'ldi
Toshkent aeroporti ijtimoiy tashabbus doirasida 30 ta nogironlar aravachasiga ega bo'ldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — "Uzbekistan Airports" AJ va “Elektron onlayn auksionlarni tashkil etish” AJ o'rtasidagi fuqarolarga ijtimoiy yordam ko'rsatish va qulay muhit yaratishga qaratilgan o'zaro hamkorlik memorandumi doirasida poytaxt aeroportiga 30 ta ixtisoslashtirilgan nogironlar aravachalari taqdim etildi.
Maxsus aravachalar nogiron yo'lovchilar tomonidan xalqaro terminalning kelish va jo'nash zallarida, shuningdek, Toshkent aeroportining ichki aviaqatnovlar terminalida bepul foydalanish uchun mo'ljallangan. Bu terminallar ichida harakatni yanada qulay va xavfsiz qiladi hamda harakatlanish imkoniyati cheklangan yo'lovchilar uchun xizmat ko'rsatish sifatini yaxshilaydi.
"Barcha yo'lovchilar uchun qulay muhit yaratish bizning ustuvor vazifalarimizdan biridir. Ushbu ixtisoslashtirilgan nogironlar aravachalari sayohatni hamma uchun qulay va xavfsiz qilish yo'lidagi yana bir qadamdir", deb ta'kidladi "Uzbekistan Airports" matbuot xizmati.