Toshkent aeroporti Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi uchun RA3 xalqaro maqomini tasdiqladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro aeroportidagi yuk terminali ikki yoʻnalish – Buyuk Britaniya va Yevropa Ittifoqi uchun RA3 (Regulated Agent Third Country) xalqaro maqomining revalidatsiya jarayonini muvaffaqiyatli yakunladi.
Revalidatsiya mustaqil akkreditatsiyadan o‘tgan auditorlar tomonidan "UzCargo" kompaniyasining 2025-yil bahorida yangi, zamonaviy yuk terminaliga ko‘chib o‘tishi munosabati bilan o‘tkazildi.
RA3 maqomining tasdiqlanishi terminalning yuklarni qayta ishlash bo‘yicha Yevropa Ittifoqi va Buyuk Britaniyaning aviatsiya xavfsizligining barcha talablariga javob berishini va ushbu mamlakatlarga to‘g‘ridan-to‘g‘ri havo tashishlari uchun yuk va pochta jo‘natmalarini tayyorlashni davom ettirish vakolatiga ega ekanligini anglatadi.
Mutaxassislar “Uzbekistan Airports” aviatsiya xavfsizligi departamenti tomonidan amalga oshirilgan ishlarning yuqori saviyasini qayd etib, bu RA3 maqomining qayta tasdiqlanishida asosiy omil ekanligini ta'kidlashdi.
Toshkent aeroportiga UZ/RA3/00001-01 va UK/RA3/00001-01 noyob roʻyxatga olish raqamlari berildi, ular rasmiy Yevropa RA3 agentlari maʼlumotlar bazasiga kiritilgan boʻlib, 2028-yil avgustigacha amal qiladi.
Bu yetkazib berishni tezlashtirib, logistika zanjirlarini soddalashtiradi, hamkorlar uchun vaqt va xarajatlarni qisqartiradi, xalqaro aviakompaniyalar va logistika kompaniyalari uchun jozibadorlikni oshiradi.
Shu tariqa, Toshkent oʻzini Markaziy Osiyoning asosiy aviatsiya markazi sifatida koʻrsatib, Yevropaga xalqaro havo yuklarini xavfsiz yetkazib berish zanjiriga qayta kirib, yuklarni eksport qilish va tranzit qilish imkoniyatlarini kengaytirdi.