Valyuta kurslari 08/10/2025
$1 – 12038.68
UZS – 0,13%
€1 – 14044.32
UZS – 0,13%
₽1 – 146.62
UZS – 1,29%
Qidirish
To‘rtta sug‘urta tashkiloti meʼyorlarga rioya qilmagani uchun jarimaga tortildi

To‘rtta sug‘urta tashkiloti meʼyorlarga rioya qilmagani uchun jarimaga tortildi

To‘rtta sug‘urta tashkiloti meʼyorlarga rioya qilmagani uchun jarimaga tortildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Istiqbolli loyihalar milliy agentligi sug‘urta tashkilotlarining faoliyati va qonunchilikda belgilangan meʼyorlarga rioya etilishi ustidan nazorat doirasida to‘rtta sug‘urta kompaniyasiga nisbatan jarima sanksiyalarini qo‘lladi.

Tashkilotlarning moliyaviy hisobotini tahlil qilish natijasida ayrim qoidalar buzilgani aniqlanib, umumiy qiymati 156,5 million so‘mlik jarimalar belgilandi.

Xususan, quyidagi kompaniyalarga nisbatan jarimalar qo‘llandi: “GLOBAL INSURANCE GROUP” AJ SK — 35,0 million so‘m, “SEMURG INSURANCE” AJ — 31,5 million so‘m, “INSON” AJ SK — 40,0 million so‘m va “ALSKOM SUG‘URTA KOMPANIYASI” AJ — 50,0 million so‘m.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling