Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlar jadallashtiriladi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlar jadallashtiriladi

To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlar jadallashtiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “To‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida islohotlarni jadallashtirish va eksport salohiyatini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident qarori (PQ–290-son, 19.09.2025 y.) qabul qilindi.

Qarorga ko‘ra, to‘qimachilik va tikuv-trikotaj sanoatida 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlar etib quyidagilar belgilandi, jumladan:

ishlab chiqarish hajmi 9 foizga o‘sishini taʼminlash va 146 trln so‘mga yetkazish;

eksportni 3,3 mlrd AQSH dollariga yetkazish.

Qarorga ko‘ra, Qishloq xo‘jaligini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi hisobidan tijorat banklari orqali 2022–2023 yillar paxta hosiliga ajratilgan kreditlardan qarzdorligi mavjud bo‘lgan paxta-to‘qimachilik klasterlari bo‘yicha garov taʼminotini mol-mulk bilan to‘liq taʼminlagan klasterlarga:

2025 yil 1 avgustdan faqat asosiy qarzni to‘lashga hamda asosiy qarz tugagandan keyingi 12 oyda teng ulushlarda foiz to‘lashga ruxsat etiladi;

to‘lov grafigi bo‘yicha ham asosiy qarz, ham foizini o‘z vaqtida to‘lagan klasterlarga ushbu kreditlar bo‘yicha Jamg‘armaga joriy yil 1 avgustdan keyin undirilgan foiz summasining 50 foizi qaytarib beriladi;

2025 yil 1 avgust holatiga to‘lanmagan foizlarga hisoblangan penya summalari hisobdan chiqariladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling