Valyuta kurslari 05/03/2026
$1 – 12179.81
UZS – -0,25%
€1 – 14139.54
UZS – -0,22%
₽1 – 156.73
UZS – -0,51%
Qidirish
To'qimachilik alyansi: Toshkent va Minsk qo'shma jun mato ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi

To'qimachilik alyansi: Toshkent va Minsk qo'shma jun mato ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi

To'qimachilik alyansi: Toshkent va Minsk qo'shma jun mato ishlab chiqarishni yo'lga qo'ydi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Belarus Respublikasiga amalga oshirilgan tashrif doirasida O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi raisi Davron Vaxabov “Bellegprom” konserni raisi Nadejda Lazarevich hamda “Kamvol” OAJ bosh direktori Tatyana Lugina bilan uchrashuv o‘tkazdi.

“Kamvol” OAJ to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish bo‘yicha yirik korxonalardan biri bo‘lib, ip-kalava ishlab chiqarishdan tortib tayyor mato tayyorlashgacha bo‘lgan to‘liq ishlab chiqarish sikliga ega. Korxona o‘z mahsulotlarini Yevropa va MDH davlatlariga eksport qilib kelmoqda.

Uchrashuv davomida to‘qimachilik sanoatida o‘zaro hamkorlikni kengaytirish masalalari muhokama qilindi. Xususan, junni chuqur qayta ishlash, qo‘shma kooperatsiya asosida jundan tayyor ip-kalava va mato ishlab chiqarish, shuningdek, tayyor mahsulotlarni O‘zbekistonga yetkazib berish yo‘nalishlari ko‘rib chiqildi.

Muzokaralar davomida Belarus matolaridan foydalangan holda O‘zbekistonda maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish, shuningdek, qo‘shma loyiha asosida 500 ta ish o‘rniga ega yirik tikuvchilik fabrikasini tashkil etish masalalari ham muhokama qilindi. Ushbu fabrikada davlat buyurtmalari asosida maxsus ish kiyimlari ishlab chiqarish rejalashtirilmoqda.

Tomonlar mazkur tashabbuslar ikki davlat o‘rtasida sanoat kooperatsiyasini mustahkamlash, yangi ish o‘rinlari yaratish va to‘qimachilik sohasida qo‘shma loyihalarni amalga oshirishga xizmat qilishini taʼkidladilar.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling