Valyuta kurslari 09/01/2026
$1 – 12109.02
UZS – 0,63%
€1 – 14139.70
UZS – 0,56%
₽1 – 150.31
UZS – 0,68%
Qidirish
Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Tojikistonga noqonuniy olib ketilayotgan dori vositalari to‘xtatib qolindi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — DXX Chegara qo‘shinlari harbiy xizmatchilari va Bojxona organlari xodimlari tomonidan Bekobod shahrida joylashgan “Farhod” chegara bojxona posti orqali Tojikiston Respublikasiga chiqib ketayotgan, 1999 y.t. mahalliy fuqaro boshqaruvidagi “Lochin” rusumli mototransport vositasi tegishli tartibda ko‘rikdan o‘tkazildi.

Natijada, uning tirkamasida oziq-ovqat mahsulotlari orasiga yashirib qo‘yilgan va bojxona deklaratsiyasida ko‘rsatilmagan, taxminiy qiymati 1 mlrd 50 mln so‘mni tashkil etuvchi “Immunoglobulin”, “Ferritin” kabi jami 21 nomdagi dori vositalari borligi aniqlanib, protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.

Hozirda ushbu dori vositalariga nisbatan ekspertiza tekshiruvi tayinlanib, holat bo‘yicha surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling