Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
To‘rabek Xabibullayev boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekistonga to‘rtinchi oltin medalni olib keldi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 90 kg vazn toifasida ishtirok etgan To‘rabek Xabibullayev Liverpulda o‘tayotgan boks bo‘yicha jahon chempionatida O‘zbekiston terma jamoasi uchun to‘rtinchi oltin medalni qo‘lga kiritdi.
Final jangda 21 yoshli o‘zbek sportchisi Isaias Ribeiroga qarshi ringga ko‘tarildi. Birinchi raund 3:2 hisobida uning foydasiga yakunlandi, ikkinchi raundda esa Xabibullayev ustunligini mustahkamlab, 4:1 hisobini qayd etdi. So‘nggi raundda ham u jangni ishonchli nazorat qilib, munosib g‘alabaga erishdi.
Shu tariqa, O‘zbekiston terma jamoasi hisobida jahon chempionatida to‘rtta oltin va uchta bronza medali mavjud.