Valyuta kurslari 17/06/2025
$1 – 12715.13
UZS – -0,35%
€1 – 14730.48
UZS – 0,17%
₽1 – 161.75
UZS – 1,04%
Qidirish
Iqtisod 13/06/2025 TMIF-2025 doirasida 30,5 milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlar imzolandi

TMIF-2025 doirasida 30,5 milliard dollarlik shartnomalar va kelishuvlar imzolandi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent xalqaro investitsiya forumi – 2025 (TMIF-2025) doirasida umumiy qiymati 30,5 milliard AQSH dollariga teng investitsiyaviy va savdo shartnomalari hamda kelishuvlar imzolandi.

Joriy yilda 9–12 iyun kunlari poytaxtning turli maydonlarida bo‘lib o‘tgan forum mintaqa miqyosidagi eng yirik tadbirga aylandi.

Forumda 8 mingdan ziyod ishtirokchi qatnashdi, shundan 3 mingga yaqini xorijiy mehmonlar bo‘lib, ular 97 ta davlatni vakillik qildi. Delegatlar orasida 450 nafar yuqori martabali mehmon, jumladan, 312 nafar hukumat idoralari vakillari bor edi.

To‘rt kun davomida o‘tkazilgan 36 ta panel sessiyasi forumning asosiy mazmunli qismlaridan biri bo‘ldi. Ularda dunyo bo‘ylab taniqli xalqaro investorlar, iqtisodchilar va rasmiylardan iborat 150 nafardan ortiq spiker ishtirok etdi.

Bu yilgi forumning muhim yangiliklaridan biri — O‘zbekistonning ishlab chiqarish salohiyatini namoyon etuvchi yirik sanoat ko‘rgazmasi bo‘ldi. 12 ming kvadrat metr maydonda 100 ta mahalliy ishlab chiqaruvchi o‘z mahsulotlari, innovatsion ishlanmalari va loyihalarini namoyish qildi. Ko‘rgazmada elektrotexnika, farmatsevtika, oziq-ovqat va to‘qimachilik sanoati, mashinasozlik, metallurgiya, energetika, avtomobilsozlik, kimyo, moliyaviy xizmatlar, turizm va axborot texnologiyalari kabi sohalar qamrab olindi.

Ko‘rgazma har kuni 2 mingdan ortiq tashrif buyuruvchilarni qabul qildi. Uning doirasida B2B va B2G formatlarida 500 dan ortiq biznes uchrashuvlar bo‘lib o‘tdi, bu esa O‘zbekiston va xorijiy kompaniyalar o‘rtasida yangi tashabbuslarni muhokama qilish va hamkorlik o‘rnatish uchun maydonchaga aylandi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling