Timur Kapadze O‘zbekiston milliy terma jamoasi bosh murabbiyi yordamchisi lavozimini tark etdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Oʻzbekiston milliy terma jamoasi yordamchi murabbiyi Timur Kapadze oʻz faoliyatini yangi bosqichda davom ettirish istagini bildirgan holda, Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi rahbariyatiga lavozimidan ozod etilish toʻgʻrisida murojaat qildi. Bu haqda O'FA matbuot xizmati xabar berdi.
Mutaxassisga boshqa taklif tushgani hamda u oʻz murabbiylik faoliyatini bosh murabbiy sifatida davom ettirish niyatida ekanligi bois, OʻFA rahbariyati uning qarorini hurmat bilan qabul qildi.
Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Timur Kapadzening o‘zbek futboli rivojiga qoʻshgan hissasi uchun samimiy minnatdorlik bildiradi va uning murabbiylik faoliyatida ulkan muvaffaqiyatlar tilashi ta'kidlangan.
Eslatib o'tamiz, Timur Kapadze 2025-yil yanvar oyida O'zbekiston milliy terma jamoasini boshqargan va o'sha yilning oktyabr oyida Fabio Kannavaro tayinlanganidan so'ng jamoaning murabbiylar shtabiga yordamchi murabbiy sifatida qo'shilgan.