Timur Kapadze “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi
Timur Kapadze “Navbahor” futbol klubining bosh murabbiyi etib tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Bugun “Navbahor” futbol klubi rasman Timur Kapadzeni jamoaning bosh murabbiyi lavozimiga tayinlanganini eʼlon qildi. Taҗribaga ega mutaxassis klub rahbariyati bilan asosiy masalalarni muhokama qildi, yaqin davr uchun reja va maqsadlarni kelishib oldi hamda shartnoma imzoladi.
Timur Kapadze o‘zbek futbolidagi eng taniqli namoyandalardan biri hisoblanadi. U murabbiylik faoliyati davomida yoshlar jamoalaridan tortib milliy terma jamoagacha bo‘lgan turli darajadagi tarkiblarga rahbarlik qilib, xalqaro maydonda muhim natijalarga erishgan.
Klub rahbariyati Kapadzening tajribasi, professional qarashi va zamonaviy yondashuvi “Navbahor”ning belgilangan maqsadlarga erishishi va jamoaning mavqeini mustahkamlashida muhim omil bo‘lishini qayd etdi.
Bugundan eʼtiboran yangi bosh murabbiy jamoa bilan bevosita ish boshlaydi.
“Navbahor” futbol klubi 2025 yilgi mavsumni O‘zbekiston Superligasida yettinchi o‘rinda yakunlab, 40 ochko to‘pladi.