Valyuta kurslari 02/02/2026
$1 – 12225.16
UZS – 0,21%
€1 – 14560.17
UZS – -0,17%
₽1 – 162.01
UZS – 0,95%
Qidirish
Tijorat banki xodimi 120 ming dollarni o'zlashtirganlikda va tushgan mablag'ni onlayn qimor o'yinlariga sarflaganlikda ayblanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Toshkent shahrida 120 000 AQSH dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinga tikib talon-toroj qilgan shaxslar fosh etildi.

Bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Yashnobod tumani bo‘limi tomonidan tijorat bankining murojaatiga asosan o‘tkazilgan tergovga qadar tekshiruvda, Yashnobod bank filialida bo‘lim boshlig‘i vazifasida ishlovchi E.N. “A.” MCHJ masʼul shaxslari va boshqalar bilan o‘zaro til biriktirib, “B.B.” MCHJga 120 000 AQSH dollari kredit ajratilishiga erishib, keyinchalik soxta hujjatlarni rasmiylashtirish orqali kredit mablag‘ini naqdlashtirib olib, 120 000 AQSH dollarini internet tarmoqlaridagi qimor va tavakkalchilikka asoslangan o‘yinlarga ishlatib, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) va 228-moddasi (hujjatlar, shtamplar, muhrlar, blankalar tayyorlash, ularni qalbakilashtirish, sotish yoki ulardan foydalanish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling