Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini kamiida 20 pog‘onaga ko‘tarish;
Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi tomonidan eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;
xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga yetkazish.
Shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati to‘xtatiladi hamda uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari tugatiladi.
O‘zbekiston standartlar instituti unga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qo‘shib olish orqali qayta tashkil etiladi.
Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlar jadallashtiriladi
“Texnik jihatdan tartibga solish sohasidagi islohotlarni ilg‘or xalqaro amaliyot asosida jadallashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni (PF–25-son, 16.02.2026 y.) qabul qilindi.
Farmonga ko‘ra, Milliy sifat infratuzilmasini rivojlantirishning 2026 yil uchun asosiy maqsadli ko‘rsatkichlari etib quyidagilar belgilandi:
Barqaror rivojlanish uchun sifat infratuzilmasi indeksida O‘zbekiston Respublikasi o‘rnini kamiida 20 pog‘onaga ko‘tarish;
Xalqaro tarozi va o‘lchovlar byurosi tomonidan eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari sonini 2,5 barobarga oshirish;
xalqaro darajada tan olingan akkreditatsiya xizmatlari ulushini kamida 80 foizga yetkazish.
Shuningdek, O‘zbekiston texnik jihatdan tartibga solish agentligi tizimidagi O‘zbekiston akkreditatsiya markazi Vazirlar Mahkamasi bo‘ysunuviga o‘tkaziladi.
O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazi faoliyati to‘xtatiladi hamda uning tarkibidagi muvofiqlikni baholash organlari tugatiladi.
O‘zbekiston standartlar instituti unga O‘zbekiston ilmiy-sinov va sifat nazorati markazini qo‘shib olish orqali qayta tashkil etiladi.
Metrologiya sohasini xalqaro talablar bilan muvofiqlashtirish maqsadida 2027 yil 1 yanvardan boshlab:
o‘lchash vositalarini qiyoslash amaliyotidan voz kechgan holda, qonunlashtiruvchi metrologiya doirasida verifikatsiyalash tizimi joriy etiladi;
sanoatda foydalanilayotgan va mahsulot sifatiga bevosita taʼsir qiladigan o‘lchash vositalari kalibrlashga o‘tkaziladi va standart namunalarni attestatsiyadan o‘tkazish tartibi bekor qilinadi;
kalibrlash laboratoriyalarining Xalqaro tarozi va o‘lchashlar byurosi bazasida eʼtirof etilgan kalibrlash imkoniyatlari qayd etilgan yo‘nalishlari akkreditatsiyadan o‘tishdan ozod qilinadi.
2026/2027 o‘quv yilidan standartlashtirish, metrologiya va muvofiqlikni baholash yo‘nalishlarida tahsil olayotgan oliy taʼlim muassasalari talabalari uchun:
“Maxsus stipendiya” taʼsis etiladi;
rivojlangan davlatlar, xususan Yevropa Ittifoqining texnik jihatdan tartibga solish (Technical Regulation) tizimini o‘rganish modeli asosida dars soatlari joriy qilinadi;
so‘nggi 2 yilni xorijiy universitetda davom ettirishni nazarda tutuvchi “2+2” shaklidagi qo‘shma taʼlim dasturlari ishlab chiqiladi.