Valyuta kurslari 04/11/2025
$1 – 11972.34
UZS – -0,27%
€1 – 13786.15
UZS – -0,81%
₽1 – 147.79
UZS – -0,52%
Qidirish
Termizning jamoat transporti parki yangilanmoqda

Termizning jamoat transporti parki yangilanmoqda

Termizning jamoat transporti parki yangilanmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati Prezidentning viloyat markazlarida zamonaviy va qulay jamoat transporti tizimini rivojlantirish bo'yicha ko'rsatmalarini amalga oshirishda davom etmoqda. Ushbu sa'y-harakatlar doirasida Termiz shahri Xitoyda ishlab chiqarilgan 35 ta yangi avtobus partiyasini qabul qildi.

Yaqinda faoliyatini boshlagan Manguzar avtoshohbekatida ushbu avtobuslarni foydalanishga topshirishga bag‘ishlangan tantanali marosim bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov, "ZHONGTONG BUS" kompaniyasi rasmiylari, transport sohasi mutasaddilari, jamoat faollari va nuroniylar ishtirok etdi.

Zamonaviy texnik talablarga to‘la javob beradigan, yo‘lovchilar uchun barcha qulayliklar yaratilgan, ekologik toza va energiya tejamkor avtobuslar tantanali ravishda kompaniya vakillari tomonidan viloyat rahbariga topshirildi.

Tadbirda ta’kidlanganidek, ushbu tashabbus Termiz shahridagi jamoat transporti tizimini modernizatsiya qilish, aholiga qulay, tezkor va sifatli xizmat ko‘rsatishni ta’minlashga qaratilgan.

Yangi avtobuslar to‘liq "Brutto" shartnomasi asosida shahar ichki yo‘nalishlarida qatnovni boshlaydi. Bu esa jamoat transportining samaradorligini oshirish, aholining xavfsiz va qulay harakatlanish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling