Termizda tibbiy yordam shoshilinch tibbiy yordam markazi ochildi
Termizda tibbiy yordam shoshilinch tibbiy yordam markazi ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyatining Termiz shahrida Jamoat salomatligi sohasidagi favqulodda vaziyatlar operatsion markazi (PHEOC) ochildi.
Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi orqali Amerika Qo‘shma Shtatlari hukumati bilan hamkorlikda hamda Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bolalar jamg‘armasi (UNICEF) ijrochi hamkorligida ochilgan markaz favqulodda vaziyatlar vaqtida real vaqt rejimida axborot almashinuvi, operativ rejalashtirish hamda idoralararo hamkorlikni ta’minlovchi hududiy muvofiqlashtirish platformasi sifatida xizmat qiladi.
Markazning milliy tizimlarga integratsiyalashuvi jamoat salomatligiga tahdidlarga o‘z vaqtida, izchil va muvofiqlashtirilgan tarzda javob berilishini ta’minlaydi.
Hududiy darajada favqulodda vaziyatlarga javob berish salohiyatini mustahkamlash orqali Termiz operatsion markazi yuqumli kasalliklar tarqalishi hamda jamoat salomatligi bilan bog‘liq boshqa favqulodda vaziyatlar yuzaga kelganda javob berish vaqtini qisqartirishga hamda inqiroz davrida asosiy tibbiy xizmatlarning uzluksiz ko‘rsatilishini ta’minlab, Surxondaryo viloyatining 3 milliondan ortiq aholisi, ayniqsa favqulodda vaziyatlardan eng ko‘p zarar ko‘radigan bolalar va aholining zaif qatlamlari manfaatlariga xizmat qiladi.