Termezda Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirokida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi ochildi
Termezda Afg‘oniston tadbirkorlari ishtirokida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi ochildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Termezda sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari yarmarkasi ochildi.
5 fevral kuni O‘zbekiston Savdo-sanoat palatasi ko‘magida Termez Xalqaro savdo markazida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyish etilgan keng ko‘lamli forum o‘ziga xos tarzda boshlandi.
Mazkur yarmarkada Afg‘onistondan kelgan tadbirkorlar delegatsiyasi, Farg‘ona viloyati hokimligi masʼullari boshchiligidagi tadbirkorlar hamda mahalliy ishbilarmonlar faol ishtirok etmoqda.
Ochilish marosimida Surxondaryo viloyati hokimi Ulug‘bek Qosimov so‘zga chiqib, yarmarkaning hududlararo va xalqaro savdo aloqalarini mustahkamlash, mahalliy ishlab chiqaruvchilar mahsulotlarini tashqi bozorlarga olib chiqishdagi ahamiyatiga to‘xtaldi.
Yarmarka doirasida sanoat va qishloq xo‘jaligi mahsulotlari namoyishi, ikki tomonlama uchrashuvlar hamda kelishuvlar o‘tkazilishi rejalashtirilgan.