Temur Kapadze IFFHS talqiniga ko‘ra dunyo milliy terma jamoalari murabbiylari orasida top-10 talikka kirdi
Temur Kapadze IFFHS talqiniga ko‘ra dunyo milliy terma jamoalari murabbiylari orasida top-10 talikka kirdi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O‘zbekiston milliy terma jamoasining sobiq bosh murabbiyi Temur Kapadze Xalqaro futbol tarixi va statistikasi federatsiyasi (IFFHS) talqiniga ko‘ra 2025 yilda dunyo milliy terma jamoalari murabbiylari orasida eng yaxshilar o‘ntaligiga kiritildi.
IFFHS ovoz berish yakunlariga ko‘ra, Kapadze 10 ochko to‘plab sakkizinchi o‘rinni egalladi. Bu ko‘rsatkich Kolumbiya terma jamoasi bosh murabbiyi Nestor Lorensoning natijasi bilan teng.
Reytingda birinchi o‘rinni Ispaniya terma jamoasi murabbiyi Luis de la Fuente egalladi. Ikkinchi o‘rin Portugaliya terma jamoasi bosh murabbiyi Roberto Martinesga, uchinchi o‘rin esa argentinalik Lionel Skaloniga nasib etdi.
Shuningdek, birinchi o‘nlikka Stole Solbakken (Norvegiya, 4-o‘rin), Tomas Tuxel (Angliya, 5-o‘rin), Didye Desham (Fransiya), Valid Regragi (Marokash) va Xavyer Agirre (Meksika, 10-o‘rin) ham kirdi.
Eslatib o‘tamiz, Temur Kapadze 2025 yil dekabr oyi boshida Namanganning “Navbahor” klubi bosh murabbiyi etib tayinlangan edi.