Temiryo‘lkargo va CTS International logistika sohasida hamkorlikni rivojlantirishga kelishib oldilar
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Temiryo‘lkargo” AJ va “CTS International Logistics Corporation Limited” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.
Uchrashuvda “CTS International Logistics” kompaniyasidan ARYA ZHANG — kompaniyaning Qozog‘iston va O‘zbekiston bo‘yicha bosh menejeri ishtirok etdi.
“Temiryo‘lkargo” AJ tomonidan Boshqaruv raisi A.A. Mo‘minov, Logistika va servis xizmati bo‘limi boshlig‘i J.N. Tursunov hamda Xalqaro aloqalar bo‘limi boshlig‘i I.K. Sodiqov ishtirok etdilar.
Uchrashuv davomida yuk tashish va logistika sohasidagi ikki tomonlama hamkorlik imkoniyatlari muhokama qilindi. Tomonlar o‘z xizmatlari haqida maʼlumot almashib, istiqbolli yo‘nalishlarni belgiladilar.
Muzokaralar yakunida kelgusida o‘zaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirish va aniq loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha kelishuvga erishildi.