Valyuta kurslari 05/06/2025
$1 – 12831.81
UZS – -0,2%
€1 – 14606.45
UZS – -0,45%
₽1 – 163.75
UZS – 0,18%
Qidirish
O‘zbekiston 04/06/2025 Tehronda O‘zbekiston transport vaziri IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Tehronda O‘zbekiston transport vaziri IHT Bosh kotibi bilan uchrashdi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Eron poytaxti Tehron shahri bo‘lib o‘tgan Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti (IHT) transport vazirlarining 13-chi yig‘ilishi doirasida transport vaziri Ilhom Maxkamov Iqtisodiy hamkorlik tashkiloti Bosh kotibi Asad Majid Xon bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Muloqot davomida tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlik aloqalari va ularning natijalari, xususan, tashkilotga a’zo mamlakatlar o‘rtasida savdo, transport-logistika va turizm bo‘yicha keng hamkorlikni rivojlantirish hamda kelgusidagi rejalarni muhokama etishdi.

Shuningdek, IHTga a’zo davlatlarining mintaqa bo‘ylab samarali, xavfsiz va integratsiyalashgan transport tarmog‘ini qurish yuzasidan fikr almashildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling