TBI va Strategik islohotlar agentligi farmatsevtika sanoatining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi
TBI va Strategik islohotlar agentligi farmatsevtika sanoatining uzoq muddatli rivojlanish strategiyasini ishlab chiqishda yordam beradi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi direktori Abdulla Azizov hamda Toni Bler Global o‘zgarishlar instituti (TBI) mutaxassislari va Strategik islohotlar agentligi vakillari bilan video-konferens aloqa vositasi orqali bir qator muloqotlar tashkil etildi.
Uchrashuvlarda farmatsevtika tarmog‘ini uzoq muddatli istiqbollarda rivojlantirish strategiyasi doirasida amalga oshirilishi ko‘zda tutilgan chora-tadbirlar, ustuvor yo‘nalishlar hamda aniq vazifalar muhokama qilindi.
Muloqotlar davomida O‘zbekistonda oziq-ovqat va farmatsevtika idorasini (UzFDA) bosqichma-bosqich tashkil etish tashabbusi ilgari surilib, mazkur tuzilmani shakllantirish uchun zarur tashkiliy-huquqiy asoslarni yaratish masalalariga alohida eʼtibor qaratildi.
Shu bilan birga, sohada qabul qilingan qonunchilik va normativ-huquqiy hujjatlarni xatlovdan o‘tkazish hamda ularni tizimlashtirish vazifalari yuzasidan ham fikr almashildi.