Valyuta kurslari 29/01/2026
$1 – 12168.98
UZS – 0,34%
€1 – 14588.17
UZS – 1,17%
₽1 – 159.89
UZS – 0,86%
Qidirish
TBC Uzbekistan Sharof Sharipovning TBC Digital bosh moliya direktori etib tayinlanganini e’lon qiladi

TBC Uzbekistan Sharof Sharipovning TBC Digital bosh moliya direktori etib tayinlanganini e’lon qiladi

TBC Uzbekistan Sharof Sharipovning TBC Digital bosh moliya direktori etib tayinlanganini e’lon qiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi TBC Uzbekistan Sharof Sharipovni TBC Digital bosh moliya direktori lavozimiga tayinlaganini e’lon qildi. TBC Digital — ekotizimdagi barcha bizneslarni birlashtiradigan boshqaruvchi kompaniya hisoblanadi.

Buyuk Britaniyadagi bank va moliyaviy xizmatlar sohasidagi 20 yildan ortiq tajriba ekotizim tarkibiga kiruvchi bizneslarning rivojlanishiga munosib hissa qo‘shadi. Sharipovning professional faoliyati aksiyaviy va qarz kapitali bozorlaridagi bitimlarni, jumladan birlamchi ommaviy aksiyalar joylashtirilishi (IPO), ommaviy va xususiy qo‘shilish hamda sotib olish bitimlari, obligatsiyalar chiqarilishi, shuningdek transchegaraviy aktivlar bilan bog‘liq bitimlarni o‘z ichiga oladi.

Avvalroq Sharof Sharipov Virgin Money va UBS Investment Bank kompaniyalarining qo‘shilish va sotib olish bo‘limlarida rahbarlik lavozimlarida ishlagan, shuningdek, yetakchi fintex kompaniyalari — Token Inc to‘lov platformasi va bulutli bank yechimlari provayderi 10x Banking’da bosh moliya direktori sifatida faoliyat yuritgan. U Buyuk Britaniyaning Uorvik universiteti bitiruvchisi hisoblanadi.

Sharof Sharipov TBC Digital bosh moliya direktori lavozimida CEO TBC Uzbekistan Nika Kurdiani, TBC Digital Kuzatuv kengashi raisi Oliver Hyuz hamda TBC Digital Kuzatuv kengashi a’zolari Devid Nengl va Mettyu Risli bilan bir jamoada ishlaydi va ekotizimning keyingi barqaror va foydali o‘sish yo‘nalishini belgilashda faol ishtirok etadi. Kompaniya rahbariyati jismoniy shaxslar va biznes uchun mintaqadagi eng yirik raqamli bank ekotizimini yaratishga alohida e’tibor qaratgan holda TBC Uzbekistan’ning rivojlanish strategiyasini birgalikda belgilaydi.

Nika Kurdiani, CEO TBC Uzbekistan: «Sharofni jamoamizda ko‘rishdan mamnunmiz. Biz faoliyatimizni yo‘lga qo‘yganimizdan buyon qisqa vaqt ichida O‘zbekistonning yetakchi raqamli bank ekotizimiga aylandik. Bugungi kunda ekotizimimizda qariyb 22 million noyob ro‘yxatdan o‘tgan foydalanuvchi mavjud bo‘lib, bu mamlakat aholisining yarmidan ortig‘ini tashkil etadi. Sharofning turli investitsiya-bank va moliyaviy kompaniyalardagi boy tajribasi TBC Uzbekistan’ning jismoniy shaxslar va biznes mijozlari uchun kompleks ekotizim sifatida keyingi o‘sish va rivojlanish davrida jahon darajasidagi jamoamizni yanada mustahkamlaydi».

Sharof Sharipov, CFO TBC Uzbekistan: «TBC Uzbekistan top-menejment jamoasiga kompaniya rivojlanishining ayni muhim bosqichida qo‘shilayotganimdan mamnunman. Tashkil topganidan buyon ekotizim jadal o‘sishni namoyish etib, tez rivojlanayotgan va dinamik bozorda eng ishonchli brendlardan biriga aylandi. Jamoa bilan birgalikda biz chakana va biznes mijozlar uchun mahsulotlar qatorini yanada kengaytirish, ekotizim ichidagi o‘zaro uyg‘unlikni kuchaytirish hamda barqaror yuqori daromadlilikni ta’minlashda davom etamiz».

TBC Uzbekistan — Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimi bo‘lib, O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan bir qator raqamli bizneslarni birlashtiradi. Ular qatoriga mamlakatdagi yirik raqamli banklardan biri — TBC Bank, jismoniy va yuridik shaxslar uchun mo‘ljallangan payme raqamli to‘lovlar ilovasi, bo‘lib to‘lash asosida xarid qilish imkonini beruvchi tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan TBC Nasiya xizmati, TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi hamda chakana savdoni avtomatlashtirishga mo‘ljallangan BILLZ xizmati kiradi.

2025-yilning dastlabki to‘qqiz oyi yakunlariga ko‘ra, TBC Uzbekistan’ning sof foydasi 2,416 trillion so‘mni tashkil etdi. Kredit va depozit portfellari hajmi esa yiliga nisbatan mos ravishda 83% va 64% ga oshdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling