Valyuta kurslari 14/10/2025
$1 – 12149.55
UZS – 0,07%
€1 – 14087.40
UZS – 0,24%
₽1 – 150.44
UZS – 0,69%
Qidirish
TBC Uzbekistan besh yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda

TBC Uzbekistan besh yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda

TBC Uzbekistan besh yillik faoliyatining yakunlarini sarhisob qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2019-yilda TBC Bank Group payme to‘lov xizmatining nazorat paketini sotib olib, O‘zbekiston bozoriga kirdi. 2020-yil oktyabr oyida TBC Bank ishga tushirilishi bilan TBC Uzbekistan ekotizimi shakllana boshladi. Bugungi kunda ushbu ekotizim tarkibiga TBC Nasiya bo‘lib to‘lash xizmati, TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi va BILLZ — chakana savdoni avtomatlashtirish xizmati kiradi.

Besh yil davomida kompaniya bozordagi o‘z pozitsiyasini sezilarli darajada mustahkamladi, jamoasini kengaytirdi, innovatsion texnologik yechimlarni ishga tushirdi va Markaziy Osiyoda raqamli bank xizmatlari sohasining yetakchilaridan biriga aylandi.

TBC Uzbekistan har yili asosiy moliyaviy ko‘rsatkichlarda o‘sishni namoyish etib, biznesni kengaytirish bilan birga mamlakat iqtisodiyotiga sarmoya kiritishda davom etmoqda — TBC Bank Group va uning hamkorlari O‘zbekiston iqtisodiyotiga 460 mln AQSh dollaridan ortiq mablag‘ kiritgan.

2025-yilning ikkinchi choragi yakuniga ko‘ra, 21 mln noyob foydalanuvchi o‘z moliyasini TBC Uzbekistan ekotizimiga ishonib topshirgan — bu esa mamlakat aholining yarmidan ko‘prog‘ini tashkil etadi. Besh yil davomida mijozlar 2,3 mln omonat hisob raqamlarini ochib, jami 2,9 mlrd AQSh dollaridan ortiq mablag‘ni jamg‘arishgan. Bugungi kunda TBC Bank mamlakatdagi jismoniy shaxslar omonatlarining 4,1%ini o‘zida jamlagan.

2020-yil oktyabrdan buyon 5,6 mln bank kartasi chiqarilgan. Bankning flagman debet mahsuloti — Salom Card, unda hamkorlardan qilingan xaridlar uchun 5% keshbek va hisobdagi qoldiqqa foizlar taqdim etiladi. 2024-yil dekabrdan 2025-yil sentyabrgacha jami 980 mingta Salom Card mijozlar tomonidan buyurtma qilingan.

2024-yilning oxirida TBC Uzbekistan mamlakatdagi kichik va o‘rta biznes subyektlari uchun mo‘ljallangan ilk to‘liq raqamli platforma — TBC Business’ni taqdim etdi. Platforma orqali tadbirkorlar uchun hisob raqamlarini ochish, moliyani boshqarish vositalaridan foydalanish hamda kreditlash imkoniyatlarini o‘z ichiga oladi.

2025-yilda TBC Uzbekistan ekotizimi yanada kengaydi:

— mart oyida TBC Sug‘urta sug‘urta kompaniyasi litsenziya olib, o‘z faoliyatini boshladi. Yilning ikkinchi choragida mijozlar 145 mingdan ortiq sug‘urta polisi rasmiylashtirishdi, sug‘urta mukofotlari hajmi esa 3 mln AQSh dollaridan oshdi;
— iyun oyida chakana savdo uchun mo‘ljallangan BILLZ SaaS-platformasi ulushi xarid qilingani haqida e’lon qilindi. BILLZ bilan integratsiya TBC’ning B2B yo‘nalishini mustahkamlab, bank va fintex yechimlarini kreditga aloqador bo‘lmagan yangi raqamli xizmatlar bilan boyitdi. Mazkur bitim mamlakat startap ekotizimi tarixidagi eng yiriklardan biri bo‘ldi.

Besh yil ichida payme foydalanuvchilarning kundalik hayotining ajralmas qismiga aylandi — ilova orqali hisoblarni to‘lash, yo‘l haqi va chiptalarni xarid qilish, hatto xayriya loyihalariga hissa qo‘shish mumkin. Brend Toshkentda top-of-mind darajasi bo‘yicha uchinchi o‘rindan birinchi o‘ringa ko‘tarildi va butun O‘zbekiston bo‘ylab yosh auditoriya orasida 73% taniqlilikka erishib, mamlakatdagi eng ommabop va talabgir to‘lov ilovasi maqomini mustahkamladi.

TBC Uzbekistan o‘z faoliyatining boshidanoq korporativ ijtimoiy mas’uliyat (CSR) dasturini amalga oshirib, texnologiyalar, madaniyat va ijtimoiy tashabbuslar mijozlar va jamiyat uchun qo‘shimcha qiymat yaratadigan muhitni shakllantirmoqda. TBC uchun CSR loyihalarining ustuvor yo‘nalishlari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:

 — moliyaviy savodxonlikni oshirish;

 — madaniy merosni asrab-avaylash;

 — ijtimoiy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash;

 — ayollarni tadbirkorlik va texnologiyalar sohasida qo‘llab-quvvatlash;

 — atrof-muhitni muhofaza qilish va shaharlarni obodonlashtirish.

2024-yil boshidan buyon TBC Uzbekistan sun’iy intellekt yo‘nalishiga 15 mln AQSh dollari miqdorida investitsiya kiritib, o‘zining AI-platformasini shakllantirdi. Unga nutq texnologiyalari (o‘zbek va rus tillari uchun nutqni tanish va sintez qilish) hamda bank sohasiga moslashtirilgan ikki tilli katta til modeli (LLM) kiradi. Bu xizmatlarni sifatni pasaytirmasdan kengaytirish, mijozlarning yuqori ishonch darajasini saqlab qolish va odatiy operatsiyalar bo‘yicha xarajatlarni kamaytirish imkonini berdi. Loyiha ishga tushirilganidan yarim yil o‘tib, ushbu texnologiyalar asosida yaratilgan AI-agentlar mijozlarga kredit to‘lovi bo‘yicha eslatma uchun qilingan qo‘ng‘iroqlarning 90 foizini avtomatik qayta ishlamoqda hamda sotuv va qo‘llab-quvvatlash jamoalariga ko‘mak bermoqda.

TBC Uzbekistan jamoasi 28 ta millat vakillaridan iborat 4 100 dan ortiq mutaxassisni o‘zida jamlagan bo‘lib, ular Toshkent, Tbilisi va Olmaotadagi uchta asosiy xabda faoliyat yuritadi. Ko‘p millatli jamoa turli mamlakatlarning fintex sohasidagi ilg‘or tajribalarini jalb qilish imkonini beradi. Ish unumdorligini saqlab qolish uchun kompaniya jamoani rivojlantirish, sog‘liqni saqlash dasturlari va ofis muhitini yaxshilashga doimiy ravishda sarmoya kiritadi.

“Biz besh yil ichida ambitsiyali startapdan Markaziy Osiyodagi yetakchi raqamli bank ekotizimigacha bo‘lgan yo‘lni bosib o‘tganimizdan faxrlanamiz. Texnologiyalar va innovatsion yechimlar orqali biz raqamli moliyani yangi bosqichga olib chiqib, kundalik hayotda foydali moliyaviy odatlarni shakllantirmoqdamiz hamda bozorga sezilarli qiymat taklif etmoqdamiz. Biznesdagi yutuqlarimiz — mamlakat aholisining yarmidan ko‘pi tomonidan bildirilgan ishonchning ifodasidir.

Besh yil davomida biz yashayotgan va kompaniya sifatida rivojlanayotgan jamiyatga mas’uliyat bilan yondashuvchi, umumiy qadriyatlar asosida birlashgan professional jamoani shakllantirdik. Bugungi maqsadimiz — innovatsiyalarni ilgari surish, ijtimoiy va madaniy tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash hamda orttirgan tajribamiz bilan o‘rtoqlashish orqali O‘zbekiston taraqqiyotiga hissa qo‘shishdir. Biz bundan keyin ham o‘z servislarimiz ekotizimini rivojlantirish, jamiyatni qo‘llab-quvvatlash va mamlakatda raqamli moliyaning kelajagini shakllantirishda davom etamiz”, — dedi CEO TBC Uzbekistan, Nika Kurdiani.

Besh yil ichida TBC Uzbekistan yangi ishtirokchidan O‘zbekiston va Markaziy Osiyo moliya bozorining yetakchilaridan biriga aylandi. Iqtisodiyotga sarmoya kiritish, ish o‘rinlari yaratish va innovatsiyalarni joriy etish orqali kompaniya mamlakatda barqaror o‘sish uchun mustahkam poydevor yaratdi. Ekotizim esa O‘zbekistonning raqamli transformatsiyasiga hissa qo‘shishda va millionlab foydalanuvchilarning hayot sifatini oshirishda davom etmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling