Valyuta kurslari 10/12/2025
$1 – 12003.18
UZS – 0,11%
€1 – 13987.31
UZS – 0,09%
₽1 – 156.68
UZS – -0,8%
Qidirish
TBC Bank va Eldor Shomurodov futbolchilarning yangi avlodini ilhomlantiruvchi hamkorlik haqida e’lon qildi

TBC Bank va Eldor Shomurodov futbolchilarning yangi avlodini ilhomlantiruvchi hamkorlik haqida e’lon qildi

TBC Bank va Eldor Shomurodov futbolchilarning yangi avlodini ilhomlantiruvchi hamkorlik haqida e’lon qildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Mamlakatning eng yirik raqamli banklaridan biri bo‘lgan TBC Bank futbol bo‘yicha O‘zbekiston milliy terma jamoasi sardori Eldor Shomurodov bilan yangi hamkorlik loyihasini e’lon qildi. Sportchi brend do‘sti sifatida bolalar va o‘smirlar orasida futbolni rivojlantirish hamda sog‘lom turmush tarzini keng targ‘ib etishga hissa qo‘shadi.

Salohiyatli yo‘nalishlar qatorida — qo‘shma sport dasturlari va tadbirlari, media-loyihalar, shuningdek futbolni bolalar, oilalar va mamlakatning turli hududlari aholisi uchun yanada ommabop qilishga xizmat qiladigan tashabbuslar mavjud.

“Eldor — butun O‘zbekiston bo‘ylab millionlab yoshlar uchun ilhom manbai va biz shunchaki hamkorlik emas, balki haqiqiy do‘stlik haqida e’lon qilishdan mamnunmiz. Biz hamkorlik imkoniyatlarini uzoq vaqt o‘rganib chiqdik va kuchlarimizni birlashtirishga qaror qildik, chunki qadriyatlarimiz va uzoq muddatli maqsadlarimiz bir-biriga to‘liq mos keladi. Birgalikda biz yoshlar uchun ko‘proq imkoniyatlar yaratamiz, ularning nafaqat sportchi, balki shaxs sifatida rivojlanishi va o‘sishini qo‘llab-quvvatlaymiz,” — dedi CEO TBC Uzbekistan Nika Kurdiani.

Shomurodov va TBC Bank birgalikda professional futbolchi bo‘lishni orzu qilayotgan minglab o‘smirlarni ilhomlantiradi. Qoʻshma mashgʻulotlar, mahorat darslari, turnirlarda ishtirok etish va futbolchi haqidagi hujjatli hikoya bo‘lajak chempionlar uchun kuchli turtki bo‘ladi.

“TBC Bank bilan hamkorligimiz bolalarga maydon va sport jihozlaridan ko‘ra ko‘proq narsani — ya’ni mahalladagi iste’dodlar jahon darajasidagi futbolchilarga aylanishi mumkinligiga ishonch uyg‘otishni maqsad qilgan. Standart reklama faoliyatidan tashqari, bizni umumiy maqsad — yosh o‘yinchilar uchun uzoq muddatli manfaat birlashtirdi. Bu men uchun hamkorlik qarorini qabul qilishda hal qiluvchi omil bo‘ldi. Ishonchim komilki, birgalikda O‘zbekiston yoshlari kelajagiga munosib hissa qo‘sha olamiz,” — dedi Eldor Shomurodov.

TBC Bank bilan hamkorlik shartnomasini imzolash uchun Italiyaning “Roma” (Associazione Sportiva Roma) klubi sobiq hujumchisi va “Istanbul Başakşehir Futbol Kulübü”da ijara asosida to‘p surayotgan futbolchi bir necha kunga Toshkentga keldi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling