Valyuta kurslari 23/09/2025
$1 – 12257.13
UZS – -0,75%
€1 – 14434.00
UZS – -0,62%
₽1 – 146.69
UZS – -0,99%
Qidirish
“Taymetov. G‘alaba parvozi” filmi BAFTA mukofotiga da’vogarlik qilmoqda

“Taymetov. G‘alaba parvozi” filmi BAFTA mukofotiga da’vogarlik qilmoqda

“Taymetov. G‘alaba parvozi” filmi BAFTA mukofotiga da’vogarlik qilmoqda

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Uzbekistan Airports” kompaniyasi tashabbusi bilan suratga olingan  “Taymetov. G‘alaba parvozi” hujjatli filmi BAFTA mukofotining yo‘nalishlaridan birida nomzod sifatida taqdim etilishi mumkin. Agar shunday bo‘lsa, u BAFTA mukofotiga da’vogarlik qilayotgan ilk o‘zbek filmi bo‘ladi.

Toshkent aeroporti tarixi bilan bog‘liq arxiv tadqiqotlariga asoslangan mazkur hujjatli film 20–27-noyabr kunlari mashhur Piccadilly Vue Cinema kinoteatrida bo‘lib o‘tadigan Londonning Independent International Film Festival & Awards SIFFA UK kinofestivali asosiy tanloviga kiritilgan.

“Bu biz uchun shunchaki film emas, balki unutilgan qahramonlarga bo‘lgan hurmat ramzidir. Biz ajdodlarimiz jasorati haqida butun dunyo bilishini istaymiz. Shuning uchun bunday nufuzli festivallarda ishtirok etish ushbu yo‘nalishda muhim qadamlardan biridir”, — deya izoh berdi “Uzbekistan Airports” AJ matbuot xizmati. 

Hujjatli film Ikkinchi jahon urushi davridagi muhim voqealarda ishtirok etgan, O‘zbekistonning birinchi harbiy va fuqarolik uchuvchisi, Toshkent aeroportining ilk direktori hamda qahramon uchuvchi Abdusamat Taymetovga bag‘ishlangan. Ta’kidlash joizki, ushbu hujjatli filmning premyerasi joriy yilning may oyida Moskvada bo‘lib o‘tgan “Madaniyatlar muloqoti” media-forumida bo‘lib o‘tgan.

Qisqa vaqt ichida film bir nechta mukofotlarni qo‘lga kiritdi: XXXIV “Oltin Ritsar” xalqaro kinoforumida eng yaxshi debyut, “Yevroosiyo-Kinofest” festivalida matbuot mukofoti hamda “Madaniyatlar muloqoti” media-forumida maxsus diplom bilan taqdirlandi.

BAFTA — Britaniya kino va televideniye akademiyasi tomonidan taqdim etiladigan mukofot bo‘lib, dunyo kinoindustriyasidagi eng nufuzli mukofotlardan biri hisoblanadi. Turli yillarda bu mukofotga Martin Skorseze, Stiven Spilberg, Entoni Xopkins, Tom Henks, Robert De Niro, Hyu Grant kabi mashhur jahon kino arboblari sazovor bo‘lgan.

BAFTA tantanali taqdirlash marosimi an’anaviy ravishda “Oltin globus” va “Oskar” mukofotlari oralig‘ida o‘tkaziladi va ko‘pincha “Oskar” uchun ishonchli ko‘rsatkich sifatida qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling