Valyuta kurslari 26/12/2025
$1 – 12078.47
UZS – 0,09%
€1 – 14234.48
UZS – -0,04%
₽1 – 155.23
UZS – 0,99%
Qidirish
Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi

Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyati tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Tashkilotlarda mehnatni muhofaza qilish ishlarini hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati faoliyatini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, ish beruvchi tashkilotda mehnatni muhofaza qilishni boshqarish tizimini joriy etishi hamda mehnatni muhofaza qilish xizmati va yo‘l harakati xavfsizligi xizmatini tashkil etishi shart.

Xodimlarni mehnatni muhofaza qilish bo‘yicha o‘qitish quyidagilarni o‘z ichiga oladi, jumladan:

kirish yo‘l-yo‘rig‘i va ish joyidagi yo‘l-yo‘riqlarni o‘tkazish;

ish joyidagi stajirovka va bilimlarni tekshirish;

xodimlarni baxtsiz hodisalardan jabrlanganlarga birinchi yordam ko‘rsatishga o‘qitish.

Ish beruvchi har yili 20 yanvargacha YAMMT IDAKga quyidagi maʼlumotlar kiritilishini taʼminlaydi:

mehnat sharoiti to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

zararli va xavfli ishlab chiqarish omilining mavjudligi bilan tavsiflanadigan mehnat sharoitlarida ishlaganlik uchun imtiyoz va kompensatsiyalar summasi to‘g‘risidagi maʼlumotlar;

baxtsiz hodisalardan jabrlangan va kasb bilan bog‘liq kasallik 1-marotaba aniqlangan shaxslar soni to‘g‘risidagi maʼlumotlar.

Tashkilotlarda maʼmuriy-jamoatchilik nazorati tashkil etilishi kerak.

Maʼmuriy-jamoatchilik nazorati quyidagi tartibda amalga oshiriladi:

1-bosqich – bo‘linma va bo‘limlarning (sex) uchastkasi, smena, brigadada;

2-bosqich – bo‘linma, bo‘lim, ishlab chiqarish yoki tashkilot uchastkasida;

3-bosqich – tashkilotda umumiy.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling