Valyuta kurslari 30/09/2025
$1 – 12067.76
UZS – -0,58%
€1 – 14141.00
UZS – -0,25%
₽1 – 145.64
UZS – 0,19%
Qidirish
Tashkent Pharma Park vakillari BRIKS mamlakatlari sammitida O‘zbekistonning farmatsevtika klasteri taqdimotini o‘tkazdilar

Tashkent Pharma Park vakillari BRIKS mamlakatlari sammitida O‘zbekistonning farmatsevtika klasteri taqdimotini o‘tkazdilar

Tashkent Pharma Park vakillari BRIKS mamlakatlari sammitida O‘zbekistonning farmatsevtika klasteri taqdimotini o‘tkazdilar

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmagentlik vakillari Xitoy Xalq Respublikasida BRIKS davlatlarining maxsus iqtisodiy zonalar hamkorlik sammitida ishtirok etdilar.

Sammit doirasida “Tashkent Pharma Park” innovatsion ilmiy-ishlab chiqarish farmatsevtika klasteri loyihasi taqdimoti o‘tkazilib, investorlar uchun yaratilgan qulay shart-sharoitlar va davlat tomonidan berilayotgan imtiyozlar haqida batafsil maʼlumot berildi. Ushbu klaster mamlakatimiz farmatsevtika sohasini rivojlantirishda hamda xalqaro hamkorlikni kuchaytirishda muhim ahamiyat kasb etishi taʼkidlandi.

Tadbir dasturidan o‘rin olgan BSCC Roadshow va taqdimotlarda BRIKS davlatlariga tegishli erkin iqtisodiy zonalar faoliyati, ularning investitsiyaviy salohiyati hamda biznes imkoniyatlari namoyish etildi.

Sammit yakunlarida esa turli mamlakatlarning kompaniyalari va erkin iqtisodiy zonalari vakillari ishtirokida davra suhbatlari hamda ikki tomonlama hamkorlik aloqalarini yo‘lga qo‘yishga qaratilgan match-making uchrashuvlari tashkil etildi.

Mazkur tadbir Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi uchun xalqaro hamkorlar bilan tajriba almashish, investorlar bilan to‘g‘ridan-to‘g‘ri muloqot qilish va farmatsevtika sohasida istiqbolli loyihalarni ilgari surish imkoniyatini yaratdi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling