Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
“Tashkent Pharma Park” hududida Shayana Pharmaceuticals ishtirokida yangi farmatsevtika loyihasi amalga oshiriladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi tomonidan qo‘llab-quvvatlanayotgan investitsiya loyihasi doirasida “Tashkent Pharma Park” farmatsevtika klasteri hududida «Shayana Pharmaceuticals» MCHJ ishtirokida zamonaviy farmatsevtik ishlab chiqarish korxonasini tashkil etish rejalashtirilmoqda.

Loyihani amalga oshirish jarayonlari xalqaro GMP standartlari talablariga to‘liq muvofiq tashkil etilishi ko‘zda tutilgan.

Mazkur korxonada steril inyeksion preparatlar (ampula va flakonlar), shuningdek, qattiq shakldagi dori vositalari - tabletka va kapsulalar ishlab chiqarilishi rejalashtirilgan.

Loyiha doirasida farmatsevtika tarmog‘ida 350 ta yangi ish o‘rni yaratish, ishlab chiqarish salohiyatini oshirish, ilg‘or texnologiyalarni joriy etish, ichki bozorni mahalliy dori vositalari bilan taʼminlash hamda sohaning investitsiyaviy jozibadorligini mustahkamlash ko‘zda tutilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling