Valyuta kurslari 23/07/2025
$1 – 12704.02
UZS – 0,8%
€1 – 14871.33
UZS – 1,33%
₽1 – 162.43
UZS – 0,93%
Qidirish
O‘zbekiston 22/07/2025 Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qo‘yildi

Tarkibida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar bo‘lgan ozdiruvchi kofelar savdosiga chek qo‘yildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Davlat xavfsizlik xizmatining Buxoro viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda Bosh prokuratura huzuridagi Departament hamkorligida G‘ijduvon tumanida o‘tkazilgan tezkor tadbirda, 1985 y.t., muqaddam sudlangan fuqaroning yashash xonadoni xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.

Natijada, chet elda ishlab chiqarilgan va bojxona rasmiylashtiruvidan o‘tganligini tasdiqlovchi hujjatlari bo‘lmagan 34 050 dona “KETO COFFEE MIX SLIM COFFEE”, 2790 dona “SLT SLIM LUX COFFEE”, 3000 dona “HOODIA CACTUS SLIMMING COFFEE”, 720 dona “SLIM GREEN COFFEE”, 5280 dona “NATURE COMPLEX LK FAT BURNING”, 1000 dona “LAO SE LON”, 12 132 dona “FIT90 FAT BURNER”, 13 392 dona “REDUKSIN LAYT”, 23 292 dona “SINZISHOU PLUS” va boshqa turdagi dori vositalari borligi maʼlum bo‘ldi.

“Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” DM xulosasiga ko‘ra, mazkur dori vositalari tarkibida “sibutramin” moddasi mavjud bo‘lib, Vazirlar Mahkamasining 2019 yildagi “O‘zbekiston Respublikasida kuchli taʼsir qiluvchi moddalar muomalasini tartibga solish to‘g‘risida”gi 818-sonli qaroriga ko‘ra “sibutramin” kuchli taʼsir qiluvchi moddalar ro‘yxatiga kiritilgan.

Holat yuzasidan ushbu fuqaroga nisbatan Jinoyat Kodeksining 251-1 moddasi 5-qismi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Olib borilayotgan tergov harakatlari doirasida ushbu dori vositalarining xorijdan olib kelinishi bilan bog‘liq vaziyatga oydinlik kiritish bo‘yicha zarur choralar ko‘rilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling