Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling
Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi va “Kelajak” markaziga yangi direktorlar tayinlandi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Raximboyev Sardor Qahramonovich Prezident Administratsiyasi huzuridagi Taʼlim sifatini taʼminlash milliy agentligi direktori oʻrinbosari etib tayinlandi.
U bunga qadar Maktabgacha va maktab taʼlimi vazirligining Pedagog kadrlarga malaka toifalarini berish jarayonini tashkil etish va kasbiy sertifikatlash boshqarmasi boshligʻi edi.
Xoldarova Indira Abdukarimovna Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi huzuridagi Respublika "Kelajak markazi" direktori etib tayinlandi .
U bunga qadar Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi Maktabdan tashqari taʻlimni tashkil etish boshqarmasi boshligʻi edi.