Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi

Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi

Talabalarning buyurtmachi tashkilotlar bilan hamkorligi tashkil etiladi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Hukumat qarori bilan “Oliy taʼlim tashkilotlari talabalarining buyurtmachilar bilan hamkorligini tashkil etish tartibi to‘g‘risida”gi nizom tasdiqlandi.

Nizom bakalavriat yo‘nalishida 2- va undan yuqori kursda o‘qiyotgan talabalarning o‘qishi uchun shartnoma to‘lovlarini ish beruvchilar tomonidan qoplab berish hamda ularning taʼlimi yakunlangach ishga qabul qilish tartibini belgilaydi.

Nizomga ko‘ra, oliy taʼlim tashkilotlari hamda talabalar o‘rtasida 3 tomonlama shartnomalar tuzishda ishchilar soni 50 nafardan ortiq yoki qiymati kamida 1 mln AQSH dollari bo‘lgan investitsiya loyihalariga ega vazirlik, idora hamda tashkilotlar buyurtmachi sifatida ishtirok etishi mumkin.

Talabalar har yili 20 sentyabrgacha saralashda ishtirok etish uchun oliy taʼlim tashkilotiga elektron ariza topshiradi. Bunda o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari to‘g‘risidagi maʼlumotnoma ilova qilinadi.

Talabalar o‘qishni bitirganidan so‘ng buyurtmachi korxona yoki tashkilotda ishlab berish sharti bilan ariza topshiradi.

Ariza topshirish va saralab olishda ishtirok etuvchi talabgorlarning joriy o‘quv yilida o‘zlashtirish GPA ko‘rsatkichi 3 va undan yuqori bo‘lishi talab etiladi.

Tanlov komissiyasi har yili 15 oktyabrgacha oliy taʼlim tashkilotida talabgorlarni suhbat asosida saralab olishdan o‘tkazadi.

Talabgorlarni saralab olishda buyurtmachi vakili xulosasi asosiy mezon hisoblanadi.

3 tomonlama shartnoma tuzgan va taʼlimni muvaffaqiyatli tamomlagan talabalar o‘qishini bitirganidan keyin buyurtmachi tomonidan belgilangan tartibda ishga qabul qilinadi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling