Valyuta kurslari 28/07/2025
$1 – 12581.73
UZS – -0,57%
€1 – 14764.66
UZS – -0,72%
₽1 – 158.34
UZS – -0,88%
Qidirish
Turizm 28/07/2025 Tailandga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 2,3 barobarga ortgan

Tailandga turistik maqsadlarda safar qilgan o‘zbekistonliklar soni 2,3 barobarga ortgan

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Milliy statistika qo‘mitasi maʼlumotlariga ko‘ra, 2025 yilning yanvar-may oylarida jami 16,6 ming nafar O‘zbekiston fuqarolari turistik maqsadlarda Tailandga safar qilgan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 9,2 ming nafarga yoki 2,3 barobarga oshgan.

Joriy yilning yanvar-may oylarida Tailandga borgan O‘zbekiston fuqarolari safar maqsadlari bo‘yicha quyidagicha taqsimlangan:

sayohat – 14 701 nafar

qarindoshlarni yo‘qlash – 1 761 nafar

xizmat yuzasidan – 60 nafar

davolanish – 25 nafar

o‘qish – 8 nafar

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling