Valyuta kurslari 13/01/2026
$1 – 12099.18
UZS – -0,27%
€1 – 14134.26
UZS – 0,07%
₽1 – 153.82
UZS – 0,18%
Qidirish
Tailandda bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan kema halokatga uchradi

Tailandda bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan kema halokatga uchradi

Tailandda bortida o‘zbekistonliklar bo‘lgan kema halokatga uchradi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Joriy yil 11 yanvar kuni Tailandning Krabi provinsiyasida, Andaman dengizida katerning baliqchilar kemasi bilan to‘qnashuvi natijasida dengiz halokati yuz berdi, deb xabar berdi O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi.

Katerda jami 52 nafar sayyoh, jumladan, 3 nafar o‘zbekistonlik bo‘lgan. To‘qnashuvda 22 kishi jarohat olgan, 18 yoshli rossiyalik Yelizaveta Starix vafot etgan.

O‘zbekiston TIVning maʼlum qilishcha, hodisada 2 nafar O‘zbekiston fuqarosi yengil tan jarohati olib, mahalliy shifoxonaga yotqizilgan.

Ayni paytda ularning ahvoli to‘liq barqarorlashgan, jabrlanuvchilar belgilangan tartibda shifoxonadan chiqarilgan.

Shuningdek, jabrlanganlarning barcha tibbiy va boshqa zarur xarajatlari katerga egalik qiluvchi kompaniyaning sug‘urta mablag‘lari hisobidan to‘liq qoplab berilgan.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling