Valyuta kurslari 17/12/2025
$1 – 12105.56
UZS – -0,2%
€1 – 14232.51
UZS – -0,09%
₽1 – 152.56
UZS – -0,31%
Qidirish
Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinadi

Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinadi

Tadbirkorlik sohasidagi 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Adliya vazirligi tomonidan ishlab chiqilgan takliflar asosida Hukumat qarori bilan qonunchilikdagi tadbirkorlikka oid 1600 ta majburiy talablar bekor qilindi.

Taʼkidlash joiz, bunday katta hajmdagi cheklovlarning bekor qilinishi ilk bor amalga oshirilmoqda.

Xususan, Hukumat qarori bilan veterinariya xizmati nazorati ostidagi 1 568 ta tovar pozitsiyasi bo‘yicha mahsulotga muvofiqlik sertifikati olish, shuningdek, turizm xizmatlarini ko‘rsatishda mazkur faoliyatga xos bo‘lmagan hamda yakka tartibdagi tadbirkorlar uchun faoliyat turini amalga oshirishda ayrim ortiqcha cheklovlar bilan bog‘liq jami 1 600 dan ortiq majburiy talablar bekor qilinmoqda.

Shuningdek, yakka tartibdagi tadbirkorlar faoliyatidagi importni amalga oshirishda tovar qiymatiga qo‘yilgan 5 000 AQSH dollarlik cheklov, turistlarga uy-joyni 30 kungacha ijaraga berish, yog‘ochdan mebel tayyorlashga doir talablar bekor qilindi.

Buning natijasida, tadbirkorlarga maʼmuriy organlar bilan munosabatga kirishishda ortiqcha byurokratik to‘siqlar kamayishiga va ularning xarajatlari, vaqti va resursi tejalishiga erishiladi.

Qayd etish joizki, bugungi kunda Tadbirkorlik sohasidagi majburiy talablar yagona elektron reyestriga 36 mingdan ortiq majburiy talablar kiritilgan bo‘lib, Adliya vazirligi tomonidan sohalar kesimida doimiy ravishda tadbirkorlarga qo‘shimcha qulaylik yaratish hamda sohadagi byurokratik to‘siqlarni qisqartirish bo‘yicha takliflar ishlab chiqilmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling