Tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘luvchi ayrim normalar tartibga solindi
Tadbirkorlarning ortiqcha sarson bo‘lishiga sabab bo‘luvchi ayrim normalar tartibga solindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Qonun bilan ayrim qonun hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, davlat o‘rmon xo‘jaligi organlari o‘rmon fondining foydalanilmayotgan yerlari jismoniy va yuridik shaxslarga elektron onlayn-auksion orqali ijara huquqi asosida berishi mumkinligi belgilandi.
Iqtisodiy protsessual kodeksga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bilan shug‘ullanish uchun litsenziya (ruxsatnoma)larning amal qilishi 10 kundan ortiq, lekin 6 oydan ko‘p bo‘lmagan muddatga to‘xtatib turilishi mumkinligi belgilandi.
Ilgari mazkur litsenziyalarning amal qilishini 10 ish kunidan ko‘p bo‘lgan muddatga to‘xtatib turilishi belgilangan edi.
Shuningdek, “Aholi bandligi to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan o‘zgartirishlarga ko‘ra, o‘zini o‘zi band qilgan shaxslar BHMning kamida 1 baravari miqdorida ixtiyoriy tartibda ijtimoiy soliq to‘lashi belgilandi.
Ilgari ushbu Qonunda mazkur soliq BHMning 50 foizidan kam bo‘lmagan miqdorda belgilangan edi.