Valyuta kurslari 13/11/2025
$1 – 11972.35
UZS – -0,15%
€1 – 13852.01
UZS – -0,1%
₽1 – 147.52
UZS – -0,02%
Qidirish
Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlanadi

Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlanadi

Tadbirkorlar yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlanadi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Tadbirkorlik subyektlarini yangicha yondashuvlar asosida qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonni qabul qilishdan ko‘zlangan maqsad etib 2026–2027 yillarda “Tadbirkorlikni rivojlantirish kompaniyasi” AJ tomonidan 4 trln so‘mlik moliyaviy qo‘llab-quvvatlash choralarini taqdim etish orqali 5 mingta tadbirkorlik loyihalarini amalga oshirish belgilandi.

Farmonga ko‘ra, 2025 yil 1 noyabrdan Kompaniya tomonidan tadbirkorlarni moliyaviy qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan quyidagi qo‘shimcha instrumentlar joriy etiladi:

tadbirkorlarni “chempion” tadbirkor toifasiga olib chiqishga ko‘maklashish uchun ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish loyihalariga tijorat banklari orqali 10 mlrd so‘mgacha kreditlar ajratish uchun resurs joylashtirish;

kichik tadbirkorlik subyektlarining ishlab chiqarish, xizmat ko‘rsatish va “yashil” iqtisodiyot yo‘nalishidagi mikroloyihalariga tijorat banklari tomonidan 500 mln so‘mgacha ajratilgan kreditlarni quyidagi shart va hollarda qayta moliyalashtirish:

ajratilgan kreditning foiz stavkasini 6 foizgacha, biroq Markaziy bank asosiy stavkasidan 4 foizlik punkt yuqori stavkagacha kamaytirish;

kamida 1 yil faoliyat yuritgan va 2 nafar xodimi bo‘lgan tadbirkorlarining 5 ta va undan ortiq yangi ish o‘rinlarini yaratishni nazarda tutgan loyihalariga taqdim etish.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling