Valyuta kurslari 15/08/2025
$1 – 12581.97
UZS – 0,67%
€1 – 14698.26
UZS – 0,27%
₽1 – 157.75
UZS – 0,61%
Qidirish
Iqtisod 15/08/2025 Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ortiqcha hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m isteʼmolchilarga qaytarildi

Tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ortiqcha hisoblangan qariyb 20 milliard so‘m isteʼmolchilarga qaytarildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — 2025 yilning 1-yarim yilligi davomida tabiiy monopoliya subyektlari tomonidan ortiqcha hisoblangan jami 20 mlrd so‘mga yaqin elektr energiyasi sohasida – 5.5 mlrd so‘mga yaqin, tabiiy gaz sohasida – 7.5 mlrd so‘mga yaqin, ichimlik suv taʼminoti sohasida – 2.5 mlrd so‘mga yaqin, issiqlik taʼminoti sohasida – 4.5 mlrd so‘mdan ortiq, mablag‘lar 48 mingdan ortiq jismoniy va 100 dan ortiq yuridik isteʼmolchilarga qaytarilishiga erishildi.

Jumladan:

Samarqand viloyati hududiy boshqarmasi "Ishsizlarni kasb-hunarga o‘rgatish markazi" murojaati asosida “Samarqand suv taʼminoti” AJ tomonidan (ichimlik suvidan) asossiz hisoblangan 263 mln so‘m mablag‘ni qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Raqobat qo‘mitasiga kelib tushgan murojaatlar bo‘yicha:

“Hududiy elektr tarmoqlari” AJ “Energosavdo” filiali Beruniy tumani bo‘linmasi tomonidan “Xoji Karimov” fermer xo‘jaligiga nisbatan asossiz hisoblangan 86 mln so‘mdan ortiq mablag‘ni;

“Qoraqalpoq suv taʼminoti” AJ tomonidan 48 mingdan ortiq isteʼmolchiga asossiz hisoblangan 2 mlrd so‘mdan ortiq mablag‘ni (Nukus tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluvchi qarori asosida) qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

Navoiy viloyati hududiy boshqarmasi tomonidan "Issiqlik manbai” DUK murojaati asosida "Xududgaz Navoiy" gaz taʼminoti filiali tomonidan asossiz hisoblangan (1.6 mln m3 dan ortiq tabiiy gaz uchun) 2.5 mlrd so‘mga yaqin mablag‘ni (Karmana tumanlararo iqtisodiy sudining hal qiluvchi qarori asosida) qayta hisob-kitob qilinishi taʼminlandi.

Raqobat qo‘mitasi bu boradagi o‘rganish ishlarini Respublikamiz hududlari kesimida tizimli ravishda davom ettirmoqda.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling