Valyuta kurslari 07/01/2026
$1 – 11968.59
UZS – 0,14%
€1 – 14020.01
UZS – 0,4%
₽1 – 147.74
UZS – -0,05%
Qidirish
Surxondaryodagi M-25 konida neft suyuqligi chiqishi sodir bo'ldi va vaziyat bartaraf etildi

Surxondaryodagi M-25 konida neft suyuqligi chiqishi sodir bo'ldi va vaziyat bartaraf etildi

Surxondaryodagi M-25 konida neft suyuqligi chiqishi sodir bo'ldi va vaziyat bartaraf etildi

Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — O'zbekiston Energetika vazirligi ma'lumotlariga ko'ra, 2025-yil dekabr oyining so‘nggi kunlarida Boysun tumanidagi “M-25” koni hududida tarkibida neft saqlovchi suyuqlikning (neft suyuqligi) yer yuzasiga chiqishi holati qayd etilgan.

Mazkur neft suyuqligi tarqalishining oldini olish maqsadida hudud atrofida hamda soy o‘zani bo‘ylab qo‘shimcha himoya hovuzlari barpo etilgan.

Yig‘ib olingan neft suyuqligi uzluksiz ravishda maxsus maydonga olib chiqilmoqda. U yerda hajmi 5 000 kub metr bo‘lgan, maxsus izolyatsiyalangan 2 ta shlam hovuzi mavjud bo‘lib, u neft suyuqligini xavfsiz saqlash hamda keyinchalik undan samarali foydalanish imkonini beradi.

Barcha ishlar amaldagi sanoat va ekologik xavfsizlik talablariga to‘liq rioya etilgan holda olib borilmoqda.

Neft suyuqligi namunasi bo‘yicha tahlil ishlari olib borilmoqda. Uning natijalariga asosan qayta ishlash imkoniyatlari o‘rganiladi, geologik tadqiqotlar esa davom etmoqda.

Hozirgi kunda holat doimiy monitoringda bo‘lib, neft suyuqligi jilovlangan. Dastlabki kunlarda chiqib kanalga oqqan neft suyuqliklarini tozalash ishlari olib borilayotganligi ma’lum qilindi. Energetika vazirligi vaziyatga oid qo‘shimcha ma’lumotlar kelib tushishi bilan e’lon qilishini ma’lum qildi.

Eng so'nggi yangiliklardan xabardor bo'ling
Telegram kanalimizga obuna bo'ling