Surxondaryoda sud mashhur brendlar huquqlarini himoya qildi
Surxondaryoda sud mashhur brendlar huquqlarini himoya qildi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — Surxondaryo viloyati iqtisodiy sudida Hugo Boss, Puma va Tommy Hilfiger xalqaro brendlarining tovar belgilarini himoya qilishga oid ish ko‘rib chiqildi.
Daʼvo Germaniyaning Hugo Boss AG va Puma SE kompaniyalari, shuningdek Niderlandiyaning Tommy Hilfiger Licensing B.V kompaniyasi vakillari tomonidan kiritilgan. Sud majlisi 2026 yil 1 aprel kuni bo‘lib o‘tdi.
Ko‘rib chiqish jarayonida javobgar mazkur brendlarning tovar belgilaridan litsenziyasiz foydalangani, kontrafakt mahsulotlarni tarqatgani va ularni faol ravishda reklama qilgani aniqlandi.
Sud ushbu harakatlarni noqonuniy deb topib, huquqbuzarga tovar belgilaridan foydalanishni to‘xtatish, kontrafakt mahsulotlarni musodara qilish va yo‘q qilish, shuningdek mahsulot va qadoqlardagi noqonuniy belgilarni olib tashlash majburiyatini yukladi.
Bundan tashqari, kompaniyalar foydasiga 61,8 million so‘m miqdorida kompensatsiya undirildi. Davlat boji, pochta va sud xarajatlari hisobga olinganda, umumiy undiruv summasi 111 million so‘mdan oshdi.