Surxondaryoda kredit berish jarayonida pora olgan bank xodimi qo‘lga olindi
Surxondaryoda kredit berish jarayonida pora olgan bank xodimi qo‘lga olindi
Toshkent, O‘zbekiston (UzDaily.uz) — “Biznesni rivojlantirish banki” aksiyadorlik tijorat banki Surxondaryo viloyati hududiy boshqarmasi xodimi Sho‘rchi tumanida yashovchi fuqaro nomiga kredit ajratilishi masalasi yuzasidan noqonuniy ravishda 2000 AQSH dollari va 1.300.000 so‘m olgan vaqtida DXXning Surxondaryo viloyati bo‘yicha boshqarmasi hamda IJQK Departamenti xodimlari tomonidan ashyoviy dalillar bilan ushlandi.
Gap shundaki, bank mutaxassisi fuqaro tomonidan 17 mlrd so‘m kredit mablag‘i ajratilishi yuzasidan murojaat qilganida, kredit olish uchun garov mulki sifatida qo‘yilishi kerak bo‘lgan bino “Elektron baholash” tizimining xulosasiga ko‘ra yetarli qiymatga ega emaslini taʼkidlab, ushbu masalani hal qilish uchun firibgarlik yo‘li bilan pul talab qilgan.
Hozirda mazkur bank xodimiga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “v” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.